“Al-Ittihod” jamoasini yetakchilar tark etishda davom etadi
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi NʼGolo Kante faoliyatini Turkiyaning “Fenerbaxche” klubida davom ettiradi. Bu haqda klubning rasmiy sahifasida xabar berildi.
“Baʼzi hikoyalar vaqt talab qiladi, ammo yakunlanmay qolmaydi. Bizning “Fenerbaxche”mizga xush kelibsiz, N'Golo Kante”, deb yozildi klubning Xʼdagi sahifasida.
Maʼlumotlarga koʻra, Kante yangi jamoasi bilan 2028-yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning “Fenerbaxche”dagi yillik maoshi 8 million yevro atrofida boʻlishi aytilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Al-Ittihod” jamoasini oldinroq yana bir yetakchisi Karim Benzema ham tark etgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring