Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va Bojxona xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Karmana tumani “Oqtosh” YPX maskanida fuqaro A.B.ning “Epica” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda fuqaro A.J. 4 xil turdagi xorijda ishlab chiqarilgan 3 460 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Navoiy shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, uning xonadonidan yana 140 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasida Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring