Axloqsizlik kasb tanlamaydi — SSV ijtimoiy tarmoqlarda axloqsizlik ortidan tanilgan tibbiyot xodimiga munosabat bildirdi

15:57 28 Fevral 2022 Jamiyat
1612 0

Foto: SSV matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi Nevrologiya boʻlimi mudiri bilan bogʻliq holat haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Boʻlim mudiri R.R. tibbiyot xodimi nomiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etib, boʻlimda muolaja olgan ikkinchi guruh nogironi G.I.ning onasi T.L.ga farzandining davolanganligi boʻyicha kasallik varaqasi(koʻchirma)ni bir yarim oy davomida bermasdan kelgani, shuningdek, uni jinsiy aloqa qilishga majburlagani haqida aytilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi kasb va toifa tanlamaydigan axloqsizliklar tibbiyot xodimlari orasida ham kuzatilishini oq xalatga tushgan dogʻ deb hisoblaydi. Shu bilan birga, bu kabi illatlarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻladi.

Qolaversa, tibbiyot xodimlarining qadr-qimmati va insonlik shaʼni oyoqosti qilinishiga qarshi turadi. Shu sababdan ham bunday holatlarda hodisaning asl mohiyati aniqlashtirilgach, yakuniy xulosaga kelish maqsadga muvofiq.

Ayni paytda voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, jamoada odob-axloq qoidalarini nazorat qilishda sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi va qoʻl ostidagi xodimlari ustidan yetarli nazorat oʻrnatmagani uchun markaz direktori Sh.Xudayberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Oʻz navbatida, vazirlikning Komplayens, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga tegishli tartibda tekshiruv oʻtkazish boʻyicha topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер