Airbus Rossiya titanidan voz kechish rejasi haqida maʼlum qildi

15:25 02 Dekabr 2022 Siyosat
1043 0

Foto: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

Yevropaning Airbus aviasozlik korporatsiyasi bir necha oy ichida Rossiya titanidan voz kechishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi kompaniyaning mudofaa va koinot boʻlimi rahbari Mixael Sholxorn.

“Agar gap titan haqida borayotgan boʻlsa, biz Rossiya bilan aloqalarni uzish jarayonida turibmiz. Bu masala bir necha oyda hal boʻladi, yilda emas”, – degan Airbus rahbarlarining biri Myunxenda oʻtkazilgan brifingda.

Xabarda keltirilishicha, Airbus kompaniyasi titanga boʻlgan ehtiyojining 60 foizga yaqinini Rossiya titani bilan qondirib kelgan.

Rossiya kompaniyasining aerokosmonavtika uchun yetkazib berayotgan titan mahsuloti jahon bozorining uchdan birini tashkil etadi.

Airbus – dunyodagi eng yirik aviakosmik va mudofaa korxonalaridan biri hisoblanadi. Airbus yoʻlovchi samolyotlar ishlab chiqaradi. Shuningdek, uning Airbus Defence and Space deb nomlangan yoʻnalishi ham bor. U mudofaa va aerokosmik mahsulotlar va xizmatlarni sotadi. Bundan tashqari, Airbus Helicopters boʻlimi vertolyot ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер