Aholini o‘qitib, ularni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi

12:25 16 Iyun 2023 Iqtisodiyot
653 0

Bu haqda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Bunday tadbirkorlarni rag‘batlantirish uchun 2030 yilga qadar yana 6 milliard dollar mablag‘ ajratiladi.

Bu dastur doirasida, qiymati 50 milliard so‘mdan yuqori loyiha tashabbuskorlariga infratuzilma xarajatlari to‘liq qoplab beriladi (hozir – 200 milliard so‘m).

Shuningdek, ushbu tadbirkorlar:

- kamida 20 foiz kambag‘al oila a’zosini bir yil davomida ish bilan ta’minlaganda mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;
- “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilsa, ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi;
- barcha soliqlarni bir yilgacha kechiktirib to‘lashlari mumkin bo‘ladi;
- faoliyatiga doir soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер