Afrikada koronavirus yangi, yanada xavfliroq shtammi aniqlandi

20:29 26 Noyabr 2021 Dunyo
1945 0

Illyustrativ foto

Janubiy Afrika olimlari SARS-CoV-2 virusining yangi shtammi aniqlangani haqida eʼlon qilishdi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, hozirda ushbu mutatsiya oʻrganilmoqda.

B.1.1.529 deb nomlangan shtamm organizmning immun javobini chetlab oʻta oladigan mutatsiyalarning juda noodatiy klasteriga ega va ayni paytda yanada yuqumli. Bu haqda matbuot anjumanida ekspertlar tomonidan maʼlum qilindi.

Olimlarning soʻzlariga koʻra, laboratoriyalardan olingan birinchi diagnostika maʼlumotlar bu variant aholi eng zich joylashgan Gauteng provinsiyasida tarqalgan. Ayni paytda mamlakatning qolgan sakkiz provinsiyasida ham ushbu mutatsiya tarqalgan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. 

Janubiy Afrika hukumati B.1.1.529 shtammi bilan bogʻliq kamida 100 ta holat tasdiqlanganini maʼlum qildi.

“Maʼlumotlar koʻp emas. Ammo bizning mutaxassislarimiz yangi variant va potensial taʼsirni oʻrganish uchun keng koʻlamli kuzatishlar olib bormoqda”, deyiladi Janubiy Afrikaning yuqumli kasalliklar milliy instituti tomonidan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер