Adliya vaziri Buyuk Britaniya parlamentining Parlamentlararo ittifoqidagi guruhi (BGIPU) rahbari bilan uchrashdi

17:28 02 Oktyabr 2023 Siyosat
295 0

Joriy yilning 25-sentabr kuni adliya vaziri A. Toshqulov hamda Buyuk Britaniya parlamentining Parlamentlararo ittifoqidagi guruhi (BGIPU) rahbari Karen Bradley boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligi va qonunchilikda oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun, xususan, jismoniy zoʻravonlik bilan bir qatorda iqtisodiy va ruhiy zoʻravonlik uchun ham maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya hamda Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi oʻrtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlik yil sayin rivojlanib borayotganligi taʻkidlanib, hamkorlikda amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalar, xususan, fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan “Madad” NNT hamda “advice.uz” portalining, shuningdek, Birlashgan Qirollikning Hukumatlararo hamkorlik xizmatining (Government Partnerships International) adliya organlari xodimlarining malakasini oshirishdagi ijobiy oʻrni haqida ijobiy munosabat bildirildi.

BGIPU delegatsiyasining rahbari Karen Bradley, oʻz oʻrnida, Adliya vazirligini muhim hamkor deya taʻkidlab, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga Birlashgan Qirollik oʻz hissasini qoʻshayotganligidan mamnun ekanligini taʻkidlab oʻtdi.

Uchrashuv doʻstona va konstruktiv ruhda boʻlib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер