Adabiyot osmonida biri — quyosh, biri — oy

20:57 01 Mart 2019 Jamiyat
4980 0

Foto: Dinara Chirkova/“Xalq soʻzi”.

Adiblar xiyobonida Oʻzbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov hamda Xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda davlat va jamoat arboblari, ijodkorlar, shoiraning yaqin qarindoshlari, yosh qalamkashlar, OAV xodimlari, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

— Prezidentimiz tomonidan soʻnggi yillarda milliy adabiyotimiz rivojiga alohida eʼtibor qaratilib, adabiyotimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ adiblarimizning xotirasiga hurmat va ehtirom koʻrsatish, ularning adabiy merosini asrab-avaylash, bugun ijod qilayotgan shoir hamda yozuvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yosh isteʼdodlarni ragʻbatlantirishda katta ishlar amalga oshirilmoqda, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot targʻibot va tadbirlarni uyushtirish boʻlimi boshligʻi, shoira Farogʻat Xudoyqulova. — Bu borada Yozuvchilar uyushmasi Zulfiyaxonim izdoshlari klubini tashkil etdi, bir necha nafar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining bayozlari chop etildi, qolaversa, mualliflik kitoblari yaqinda nashrga tayyorlanmoqda. Bularning barchasi nafaqat shoiraning yorqin xotirasiga, balki adabiyotga, ijodga boʻlgan yuksak hurmat-ehtirom belgisi ham hisoblanadi.

Tadbir doirasida Oʻzbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan uning sermahsul ijod yoʻli va qoldirgan maʼnaviy merosi haqida soʻz yuritildi. Betakror isteʼdodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuygʻusini, olijanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum etgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz hamda madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga ulkan hissa qoʻshgan har ikkala ijodkor asarlari bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagani taʼkidlandi.

Ishtirokchilar Zulfiyaxonim hamda Ozod Sharafiddinov monumentlari poyiga gullar qoʻydi.

Yulduz Oʻrmonova (“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер