Abdulla Qoʻldoshev Turkiy davlatlar tashkiloti Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining sammitida ishtirok etdi
Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 21-dekabr kuni Anqara shahrida Turkiya Respublikasi tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining ilk sammiti oʻtkazildi.
Ushbu sammitdan maʼruzalar, muzokaralar, taqdimotlar, tashriflar va boshqa tadbirlar oʻrin olgan.
Tadbir davomida tabiiy ofatlarning oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga hissa qoʻshish maqsadida, tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar oqibatlarini yumshatish va qayta tiklashda turkiy davlatlarning hamkorlikdagi harakatlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur sammitda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev maʼruza bilan ishtirok etdi va tashkilotga aʼzo davlatlar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring