Abdulaziz Komilov va Entoni Blinken oʻzaro diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabrik yoʻlladi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken oʻzaro tabrik yoʻlladi.
Joriy yilning 19-fevral kuni Abdulaziz Komilov va Entoni Blinken ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan oʻzaro tabrik yoʻlladi.
Komilov soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarilganini taʼkidladi. Mamlakatlar siyosat, iqtisodiyot, inson huquqlari va madaniyat sohalaridagi keng koʻlamli masalalar boʻyicha oʻzaro hurmat tamoyili asosida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH bilan xalqaro va mintaqaviy formatlar, jumladan, C5+1 mexanizmi doirasidagi samarali hamkorlikni qayd etdi. Shuningdek, u Afgʻoniston xalqiga yordam berish uchun kuchlarni birlashtirish muhimligini taʼkidladi.
Blinken Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlar dasturini yuqori baholadi va Amerika tomoni Oʻzbekistonning oʻzining ulkan maqsadlariga erishish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini bundan buyon ham qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini taʼkidladi.
Davlat kotibi AQSH Oʻzbekistondagi islohotlar yoʻnalishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga sodiqligini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring