Abdulaziz Komilov Afgʻonistonga boradi
2021-yilning 23-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afgʻoniston Islom Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV xabar berdi.
Boʻlajak uchrashuvlar va muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Mintaqalararo savdo aylanmasini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʻlaydigan qoʻshma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari boʻyicha fikr almashiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring