9 yilda ilk bor oʻz ovozini eshitgan qizaloq

18:17 26 Iyun 2024 Jamiyat
437 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Izboskan tumanidagi 63 ta MFY tomonidan minglab eʼtibor va gʻamxoʻrlikka muhtoj fuqarolarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatildi.

— Mahallamizda 7195 nafar aholi istiqomat qiladi, — deydi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Istiqlol” MFYdagi xodimi Saidislomxon Saydahmedov. — Shulardan 578 nafarini guruh nogironligi mavjud. Kam taʼminlangan. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan fuqarolarni tashkil etadi. Ularning yashash sharoitini oʻrganib, amaliy yordam koʻrsatildi.

Ozodlik koʻchasida yashovchi Muattaroy Obidjonova “Tanglay yorilishi” kasalligi bilan dunyoga kelgan. 2 yoshligida 3-marta jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan. Uning ustiga quloq eshitmaslik kasalligini orttirib olgan.

— Yaxshi eshitmasligim sababli darslarni oʻzlashtirishga qiynalardim, — deydi u suhbatda. — Tengdoshlarim bilan muloqotga kirishishda muammolarga duch kelardim. Ijtimoiy xodim koʻmagi va tibbiyot xodimlari tavsiyasi bilan eshitish moslamasiga ega boʻldim. Quvonarlisi, 9-yilda ilk bor oʻz ovozimni eshitdim.

Xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi bunday islohotlar aholining mushkulini oson qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер