890 bosh yoʻrgʻa tuvaloq uchib ketdi

13:46 03 Oktyabr 2019 Jamiyat
2535 0

Yoʻrgʻa tuvaloq Qizilqum choʻli jonivorlar olamining biologik xilma- xilligi tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda ularni asrash, koʻpaytirish borasida Navoiy viloyatida ham bir qator ibratli ishlar amalga oshirilib, hamkorlik doirasining geografiyasi kengayib bormoqda.

Chunonchi, Navoiy viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, biologik xilma- xillik va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar boʻlimi inspektorlari hamda “Amirliklarning Yoʻrgʻa tuvaloqni asrash markazi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan hamkorlikda bu noyob qushlar yetishtirilib, choʻl hududlariga uchirilmoqda.

Shu kunlarda viloyatning Tomdi, Uchquduq va Konimex tumanlarining choʻl hududlariga markazda yetishtirilib, moslashtirilgan jami 890 ta yoʻrgʻa tuvaloq yovvoyi tabiatga uchirildi.

Taʼkidlash joiz markaz oʻz faoliyatini boshlagandan buyon 10000dan ortiq yoʻrgʻa tuvaloq Qizilqum hayvonot olamini boyitdi.

Temur ESHBOYEV,

(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер