8 oyda 484 ta yuk avtomobillari eksport qilingan
Foto: Illustrativ surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 484 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
Yuk avtomobillari eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 88 taga kamaygan.
Oʻzbekiston 8 oyda yuk avtomobillarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston — 176 ta;
Qirgʻiz R. — 128 ta;
Tojikiston — 83 ta;
Ozarbayjon — 60 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring