722,2 million soʻmlik nayrang ish bermadi

21:35 16 Fevral 2021 Jamiyat
957 0

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro M.A. boshqaruvidagi “MERCEDES BENZ 930.21» rusumli yuk avtotransport vositasi oʻrnatilgan tartibda inspeksion koʻrik majmuasi yordamida tekshiruvdan oʻtkazildi.

Natijada, avtotransport vositasining yukxona va saloni yotoq qismi tagida yashirilgan, yoʻl-yuk hujjatlarida va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan hamda ogʻzaki savol-javobda maʼlum qilinmagan, umumiy qiymati 722 295 000 soʻmlik 86 turdan iborat boʻlgan tovarlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер