600 ta yoʻrgʻa tuvaloq tabiatga qoʻyib yuborildi
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda “Amirliklarning Yoʻrgʻa tuvaloqni asrash markazi” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida markazda yetishtirilgan 600 ta yoʻrgʻa tuvaloq Uchquduq va Konimex tumanlarining choʻl hududlariga qoʻyib yuborildi.
Maʼlumot uchun, yoʻrgʻa tuvaloq Oʻzbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan boʻlib, yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan qushlardan hisoblanadi.
Markaz oʻz faoliyatini boshlagandan beri qariyb 19 mingga yaqin yoʻrgʻa tuvaloq tabiat bagʻriga uchirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring