6 nafar aliment toʻlovchi 15 sutkaga qamaldi

19:34 11 Avgust 2023 Jamiyat
1100 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari ish yurituvida boʻlgan ijro hujjatlarini son jihatdan kamaytirish, aliment toʻlovlarini oʻz vaqtida undirish, fuqarolar va tadbirkorlarning foydasiga undiruvlarni jadallashtirish maqsadida ishchi guruh shakllantirilib, amaliy ishlarga kirishildi. Denov tumanida aliment undiruvlari bilan bogʻliq 3 ming 623 ta ijro hujjati toʻliq xatlovdan oʻtkazildi. 720 ta aliment ijro hujjatlari boʻyicha 398 mln. soʻm aliment pullari undirildi.

— Ishchi guruh tomonidan boshqa turdagi 1 ming 206 ta 17 mlrd. 217,6 mln. soʻmlik ijro hujjatlari ish yurituvdan toʻxtatildi, — deydi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta inspektori Qobiljon Tursunov. — Jumladan, 779,3 mln. soʻmlik soliq qarzdorligi, 34,5 mln. soʻm davlat bojlari, 35,1 mln. soʻm maʼmuriy jarima pullari davlat foydasiga undirilgan. Tijorat banklari foydasiga 7 mlrd. 264,1 mln. soʻm undirilishi taʼminlandi. Shuningdek, tadbir davomida boʻlim ish yurituvidagi ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlarning 14 mlrd. 753 mln. soʻmlik mulklari xatlandi. Bundan tashqari, 43 ta holatda 138 mln. soʻmlik ijro ishlari boʻyicha undiruvlar qarzdorlarning ish haqi va nafaqasiga qaratildi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan ishsiz aliment toʻlovchilarning badligini taʼminlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 8 nafar aliment toʻlovchining bandligi taʼminlandi. 9 nafar aliment toʻlovchi qarzdor deb topilib, ijro harakatlarini davom ettirish uchun davlat ijrochilariga topshirildi. Aliment toʻlashdan boʻyin tovlagan qarzdor otalarga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudida koʻrib chiqilib, taraflar ishtirokida muhokama qilindi.

Ochiq sud majlisida 6 nafar aliment toʻlovchiga nisbatan 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan boʻlsa, 5 ta oila oʻzaro yarashtirildi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер