4,1 mln soʻm isteʼmolchiga qaytarib berildi

19:05 08 Fevral 2019 Jamiyat
1169 0

Illyustrativ foto

Qarshi shahri, Saroy MFY, Bogʻzor koʻchasi, 11-uyda yashovchi fuqaro G. Eshmurodovaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yoʻllagan murojaati Qarshi shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganib chiqildi.

Murojaatda qayd etilishicha, G.Eshmurodova Qarshi shahrida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi tadbirkor S. Majidovga qarashli savdo doʻkonidan 4 100 000 soʻmga “HAIRUN” rusumli konditsioner sotib olganligi, biroq u xonani isitmayotganligidan noroziligini maʼlum qilgan.

Mazkur murojaat Qarshi shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, sotuvchiga amaldagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi va nosoz mahsulotni sotib olish uchun toʻlangan 4 100 000 soʻm sotuvchidan isteʼmolchi foydasiga naqd pul shaklida undirib berilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер