40 yil deganda mahallaga suv keldi!
Tan olib aytish kerak, Andijon viloyatining hali toza ichimlik suvi yetib bormagan hududlari ham bor. U yerda yashayotgan aholi suvni maʼlum masofadan tashib ichishlariga toʻgʻri kelmoqda. Biroq, keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar tufayli hatto eng chekka hududlarga ham suv quvurlari tortilyapti. Jumladan, Izboskan tumanidagi “Botirobod” MFYga 2,5 km. masofaga suv quvuri tortildi.
— Bu mahallada 110 ta xonadonda 700 nafar aholi istiqomat qiladi,-deydi “Andijon viloyat suv taʼminoti” MCHJ Izboskan tumani filiali rahbari Ulugʻbek Mamatojiyev. — 40 yil deganda mahallaga suv keldi. Endilikda har bir xonadon oldidagi joʻmraklarda obi hayot oqmoqda.
Andijon viloyatida hududlarni 100 foiz toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlar davom etmoqda. Jumladan, Izboskan tumanining oʻzida joriy yilning shu davriga qadar 10 km. masofadagi suv quvurlarining tortilishi natijasida 10 ga yaqin mahallaga toza ichimlik suvi olib kelindi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring