4 oyda 1,1 mlrd. dollarga teng toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistondan qiymati 1,1 mlrd. AQSH dollariga teng toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Bu umumiy eksport hajmining 15,1 % ni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 24 % ga oʻsgan.
Oʻzbekistondan 4 oy davomida dunyoning 62 ta davlatiga 452 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi:
— Paxtadan yigirilgan ip – 592 mln.
— Tayyor trikotaj mahsulotlari – 249 mln.
— Naqshli mato – 90,7 mln.
— Paxtadan gazlamalar – 48 mln.
— Ipak va ipak mahsulotlari – 21 mln.
— Paxta mahsulotlari – 14,2 mln.
— Gilamlar – 9,7 mln.
— Boshqa toʻqimachilik mahsulotlari – 41 mln. AQSH dollari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring