4 ming nafar aholining uzogʻi yaqin boʻldi
Baliqchi tumanidagi “Charogʻon” mahallasida aholi tashabbusi bilan xayrli ishga qoʻl urildi. Sobiq Ittifoq davrida qurilib, foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan koʻprik hashar yoʻli bilan taʼmirlandi.
— Eni 10, uzunligi 16 metrdan iborat ushbu koʻprikdan uzoq yillar davomida foydalanishning imkoni boʻlmadi, — deydi “Charogʻon” MFY raisi Husanboy Norqoʻziyev. –Taʼmirdan soʻng qishloqni tuman markaziga eltuvchi yoʻl 4 km.ga qisqardi.
Koʻprik nafaqat, «Chargʻon» balki, unga yondosh boʻlgan Muqanna va Zulfiqor nomli MFYlarida istiqomat qiluvchi 4 ming nafarga yaqin aholiga qulaylik yaratdi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring