4 milliondan ortiq adabiyotlar raqamlashtiriladi
Foto: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati
Vazir oʻrinbosari R.Hakimov boshchiligidagi ekspertlar ishtirokida barcha davlat OTM kutubxona fondidagi oʻquv adabiyotlar toʻliq raqamlashtiriladigan “Elektron kutubxona” platformasi loyihasi muhokama qilindi.
Mazkur platformani joriy etish orqali respublikamizda barcha talabalar, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va aholiga zamonaviy hamda sifatli kutubxona xizmatini koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Aytish joizki, ushbu platforma foydalanuvchisi istalgan hududdan turib barcha oliygohlar ilmiy, badiiy adabiyotlaridan birdek foydalana oladi. Bu esa ilm olish istagida boʻlganlarning vaqt, makon chegarasini buzib, oʻz ustilarida ishlash, mustaqil taʼlim olish uchun qulaylik yaratadi.
Hozirgi kunda oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlarining umumiy fondi 4 milliondan ortiq adabiyotni tashkil etadi.
Loyihaga koʻra, dastlab ushbu platformani 10 ta oliy taʼlim muassasasida test-rejimida sinovdan oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, sinov yakunlari asosida barcha oliy taʼlim muassasalariga joriy etish belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring