Chinozda poyezd ustiga chiqib olgan ikki bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

16:24 15 Mart 2023 Jamiyat
1001 0

Illyustrativ foto

14 mart kuni Toshkent viloyatining Chinoz poyezdlar to‘xtash bekatida 10 va 11 yoshli bolalar poyezd vagoni ustiga chiqib video suratga olmoqchi bo‘lganida, ularni yuqori kuchlanishli tok urgan. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xabar berdi. 

Tok urishi natijasida bolalardan biri tananing 80 foiz kuyishi bilan, boshqa biri esa 20 foiz kuyishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Manba bergan xabarga ko‘ra, bolalar ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lish, ko‘proq layk yig‘ish maqsadida video suratga olib joylashtirmoqchi bo‘lishgan va shu maqsadda vagon ustiga chiqishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер