34 million odam ochlikdan halok boʻlish xavfidan bir qadam narida 

22:57 25 Mart 2021 Dunyo
1688 0

Dunyoning 20 mamlakati shoshilinch oziq-ovqat yordamiga muhtoj. Aks holda ular ommaviy ocharchilikka duch keladi. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti saytida berilgan xabarga koʻra, Yaman, Janubiy Sudan va Nigeriya shimolidagi aholi allaqachon ochlik yoqasida. 

Ocharchilik xavfi tahdid qilayotgan mamlakatlarning aksariyati Afrika qitʼasida joylashgan. Biroq bu muammo Afgʻoniston, Suriya, Livan va Gaiti uchun ham dolzarb boʻlib bormoqda. Yaʼni 34 million odam ochlikdan halok boʻlish xavfidan bir qadam narida turibdi.

“Buning oldini olish uchun jangovar harakatlarni toʻxtatish, aholining eng zaif qatlamlariga insonparvarlik yoʻlini ochish va ocharchilikka qarshi kurashish uchun 5,5 milliard dollar yigʻish kerak”, deydi ekspertlar. 

Koronavirus pandemiyasi tufayli 120 million kishi oʻta qashshoqlikka yoʻliqqan. 114 million nafarga yaqin odam ishidan ayrilgan. Jahon iqtisodiyoti soʻnggi 90 yildagi eng yomon tanazzulni boshdan kechirgan.

Yanvar oyida BMT rahbari Antoniu Guterrish dunyodagi eng badavlat 10 kishining mablagʻi pandemiya oqibatida qashshoqlikka duch kelgan odamlarni hayotini yaxshilashga hamda sayyoramizning barcha aholisiga koronavirusga qarshi vaksina sotib olib berish uchun yetarli boʻlishini aytib oʻtgan edi. 

Taʼkidlanishicha, tabiiy ofatlar, iqlim oʻzgarishi, qishloq xoʻjaligidagi muammolar koronavirus pandemiyasi oqibatlari tufayli oziq-ovqat xavfsizligi yana-da kuchaymoqda. Bularning barchasi dunyoga misli koʻrilmagan tanqislikka sabab boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер