25-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida II Xalqaro moliya-bank forumi oʻtkaziladi

13:10 16 Noyabr 2021 Iqtisodiyot
1097 0

Joriy yilning 25-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan II Xalqaro moliya-bank forumida MDHga aʼzo davlatlar, Yevropa va Osiyo davlatlarining tijorat banklari hamda fond birjalari rahbarlari, moliya boshqarmalari, bank birlashmalari va assotsiatsiyalari vakillari, shuningdek, innovatsion va investitsiya kompaniyalari rahbarlari ishtirok etadi.

Uning dasturidan MDHga aʼzo davlatlarning moliya bozorlarida integratsion oʻzaro hamkorlikning yangi formatlarini izlash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, MDH mamlakatlari aʼzolarining Xalqaro moliya-bank forumi Toshkentda 2019-yilda oʻtkazilgandi. Unda 20 dan ortiq davlatdan kelgan 500 dan ortiq sohaning yetakchi mutaxassislari qatnashgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер