21-noyabr – Butunjahon televidiniye kuni

12:11 21 Noyabr 2019 Jamiyat
1554 0

Illyustrativ foto

Soʻz erkinligi dunyo nigohida

XXI asrda televideniye globallashuv va ommaviy kommunikatsiyaning yorqin ramziga aylandi. Ijtimoiy hodisa sifatida davlatlar va jamiyatlarning taraqqiyotida tutgan oʻrni beqiyos.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida Butunjahon televideniye kuniga bagʻishlangan “Barqaror taraqqiyot maqsadida jurnalistika taʼlimi” mavzuidagi II Markaziy Osiyo seminarida bu alohida taʼkidlandi. Tadbirda YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, BMTning Qozogʻiston Respublikasidagi Axborot Byurosi, Markaziy Osiyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan vakillar, jurnalistika sohasining yetakchi mutaxassislari, tadqiqotchilar, talabalar qatnashdi.

Seminarda bugungi oʻzbek jurnalistikaning taraqqiyoti, xususan, televideniyening noyob ommaviy axborot va ommaviy kommunikatsiya vositasi sifatida shakllanib borayotgani, efirga uzatilayotgan teledasturlar, turli tillarda olib borilayotgan koʻrsatuvlar koʻlami, dunyoning koʻplab mamlakatlarida uzatilayotgan milliy telekanallar haqida soʻz bordi.

Markaziy Osiyoda jurnalistika sohasining taraqqiyoti, jurnalistlar faoliyatidagi yangilanishlar, mutaxassislarning tajriba almashishi uchun yurtimizdagi eng nufuzli universitetlardan biri tanlangani bejiz emas. Toshkent shahri va Oʻzbekiston Milliy universiteti televideniye tarixidagi ilk teletasvirga patent vatani hisoblanadi. Seminarda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Qoraqalpogʻiston universitetlari jurnalistika fakultetlarining professor oʻqituvchi va talabalari oʻz maʼruzalarida bu jihatlarga eʼtibor qaratdi.

Tadbir soʻngida “Manqurt” talabalar filmi namoyish etildi. Markaziy Osiyo universitetlari jurnalistika fakultetlari Assotsiatsiyasi Nizomi tasdiqlandi. Faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

A. UMIROVA
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер