2030-yilga qadar Qoraqalpogʻistonda 70 ming xonadonga ega 2 mingta koʻp qavatli uylar quriladi — Shavkat Mirziyoyev

22:02 12 Iyun 2023 Siyosat
917 0

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev bu borada Qoraqalpogʻistonda 2030-yilga qadar moʻljallangan rejalari haqida toʻxtalib oʻtdi.

Jumladan:

— mahalla va ovullarda 6 ming kilometr yoʻllar hamda 150 ta koʻprik taʼmirlanadi;

— 5 ming kilometr elektr tarmogʻi, 1 ming 350 ta transformator va 10 ta podstansiya yangilanadi;

— 70 ming xonadonga ega 2 mingta koʻp qavatli uylar foydalanishga topshiriladi;

— barcha ijtimoiy va davlat idoralari hamda 17 ming xonadonda 55 mega vatt quvvatli quyosh panellari oʻrnatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер