2026-yilgacha aholini ichimlik suvi bilan taʼminlaganlik darajasini 87 foizga yetkazish rejalashtirilgan — Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan navbatdagi “Hukumat soati”da deputatlar “Hududlarda ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda koʻp kvartirali uy-joylarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va uy-joy fondini yangilash, sohada korrupsiyani yoʻqotish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masalani muhokama qildilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Hidoyatov javob berdi.
Vazir keyingi yillarda mamlakatimizda aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida hisobot berdi.
Qayd etilganidek, “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining «Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi asosida respublika aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini qariyb 87 foizga yetkazish boʻyicha (har bir hudud kesimida) loyiha taklifi ishlab chiqilib, xorijiy moliya institutlarining 26,6 trln soʻm kredit mablagʻlari, respublika byudjetining 13,4 trln soʻm mablagʻlari hisobidan jami 3 697 ta inshoot hamda 40,5 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring