2023-yil davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan rejaga nisbatan 1,4 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi
AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ axborot xizmati rahbari Muhammadjon Bekmuhammedov oʻtgan yilgi ishlab chiqarish koʻrsatkichlari va amalga oshirilgan investitsiya loyihalari ijrosi haqida maʼlumot berdi:
2023-yilda investitsiya loyihalari doirasida 622,63 mln. AQSH dollari oʻzlashtirildi, bunda belgilangan reja ijrosi 100,1 foizni tashkil etdi.
Investitsiya dasturi doirasida yangi, zamonaviy, energotejamkor qurilmalarni joriy etish maqsadida, Tolimarjon IES AJda 1065 MVt quvvatga ega bugʻ-gaz qurilmasini qurishga start berildi.
Toshkent IEMda 2024-yilning birinchi choragida 64 MVt ga teng ikkita gaz turbinasi qurilmalari ishga tushiriladi.
Issiqlik elektr stansiyalarini 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida jami 53 ta energoqurilmalarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Natijada energoqurilmalarning mavjud quvvati 209 MVt hamda qozon qurilmalarining ishlab chiqarish quvvati 483 tonna/soatga oshirilishiga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring