2022-yilda “COVID-19” pandemiyasi yakunlanishi mumkin. Agar...

21:17 24 Yanvar 2022 Dunyo
1532 0

Foto: Reuters

Keng qamrovli choralar koʻrilsa, “COVID-19” pandemiyasi 2022-yilda tugashi mumkin. Ushbu fikrlarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi.

“Agar mamlakatlar strategiya va vositalardan toʻliq foydalansa, bu yil pandemiyaning oʻtkir bosqichini tugatishimiz mumkin. Biz «COVID-19”ni global sogʻliqni saqlash favqulodda holati sifatida yakunlashimiz mumkin», deydi Gebreyesus.

Uning taʼkidlashicha, hozir dunyo pandemiyaning oʻtkir bosqichida turibdi. Biroq insoniyatda unga chek qoʻyish uchun barcha vositalar bor. Faqat ulardan adolatli va oqilona foydalanish kerak.

“Biz ushbu pandemiyaning oʻtkir bosqichini yakunlash uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak. Biz uning yana davom etishiga, vahimaga tushish yoki eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻya olmaymiz”, deydi JSST rahbari.

Gebreyesusning taʼkidlashicha, COVAX dasturi doirasida 1 milliard doza vaksina yetkazib berilgan. Ammo dunyoda emlash surʼati hali ham kutilganidek ketmayapti. 34 mamlakat haligacha oʻz aholisining 10 foizini emlash imkoniga ega boʻlmadi, 86 mamlakatda esa vaksina olganlar 40 foizdan kamroqni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер