2022-yil yakuniga qadar jami 27,6 trln soʻmlik qurilish materiallari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.
Shuningdek, joriy yil yakuni bilan sohaga 1,8 mlrd dollarlik investitsiyalar yoʻnaltirilishi, 690 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi, mahalliylashtirish dasturi doirasida 981 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi, 470 mln dollarlik qurilish materiallari import qilinishi belgilangan.
Joriy yilda qiymati 1,8 mlrd dollarlik 819 ta loyiha ishga tushiriladi va 20,9 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Umuman, 2022-2026-yillarda sohada 5,8 mlrd dollarlik 1028 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish hamda 39,3 mingta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring