2021-yilda 8 mingga yaqin qishloq va mahallada qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi qishloqlar roʻyxati quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:
● olis va iqlimi ogʻir hududdaligi;
● Xalq qabulxonalari va hokimliklarga yoʻl, kommunikatsiya tarmogʻi va ijtimoiy soha boʻyicha yoʻllangan murojaatlar soni;
● aholi va tadbirkorlarda oʻz hududini obodonlashtirish tashabbusining mavjudligi;
● “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi”, “Turizm ovuli” maqomiga ega ekanligi.
Qarorga koʻra, 2021-yilda jami 7 794 ta qishloq va mahallada 20,8 trln soʻmlik qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi parametrlar tasdiqlandi.
Dasturlar doirasida, jumladan:
10 114,4 km ichki yoʻllar quriladi va taʼmirlanadi;
765 km piyoda yoʻlaklari quriladi;
615 ta bogʻcha, 1 030 ta maktab, 376 ta tibbiyot muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
710 ta mahalla binosi, 114 ta mahalla guzari, 27 ta madaniyat markazlari quriladi va taʼmirlanadi;
345 ta avtobekatlar qurilib, taʼmirlanadi, 104 ta yangi jamoat transporti yoʻnalishlari tashkil etiladi;
1 867 ta sport maydonchasi, 490 ta bolalar maydonchasi, 43,5 km uzunlikdagi velosiped yoʻlaklari barpo etiladi;
45 376 ta yakka tartibdagi uy-joylar, 1 323 ta koʻp kvartirali uy-joylar taʼmirlanadi, shuningdek 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joylar quriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring