2 tonna 135 kg 188 gramm giyohvandlik vositalari yoʻq qilindi

12:10 26 Iyun 2025 Jamiyat
203 0

26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan mamlakatimizda keng qamrovli tadbirlar oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida musodara qilingan katta miqdordagi giyohvandlik vositalari yoʻq qilindi.

Maʼlumotlarga koʻra, jami 2 tonna 135 kg 188 gramm giyohvandlik vositalari maxsus tayyorlangan maydonda yoqish orqali yoʻq qilingan. Yoʻq qilingan moddalarning asosiy qismi turli xil giyohvandlik vositalaridan iborat boʻlib, ular orasida 99 kg 882 gramm geroin, 202 kg 555 gramm opiy, 415 kg 124 gramm gashish, 395 kg 739 gramm marixuana va 613 kg 94 gramm kannabis oʻsimligi mavjud boʻlgan.

Shuningdek, 153 kg 15 gramm koʻknor boshogʻi va somoni, 57 kg 847 gramm mefedron, 29 kg 603 gramm a-PVP, 5 kg 750 gramm spays va 5 kg 544 gramm katinon moddalari ham yoʻq qilingani qayd etildi. Yoʻq qilingan moddalar umumiy miqdori hajmi va xavflilik darajasi boʻyicha soʻnggi yillarda aniqlangan eng yirik partiyalardan biri hisoblanadi.

Taʼkidlash kerakki, ushbu giyohvand moddalar Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa idoralar tomonidan oʻtkazilgan maxsus operatsiyalar chogʻida aniqlangan va musodara qilingan. Bu kabi tadbirlar mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish va aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida salomatlikni muhofaza qilish borasidagi tizimli ishlarning muhim qismi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер