19 yoshli qiz koronavirusdan butkul forigʻ boʻldi. Tuzalganlar 240 nafarga yetdi
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 2 nafar bemor butkul sogʻaydi. Ular Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Sogʻayganlardan biri 19 yoshli qiz Toshkent shahridan boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ikkinchi bemor esa Rossiyadan charter reys orqali Toshkentga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Soʻnggi tekshiruvlar ushbu bemorlarda infeksiya yoʻqligini koʻrsatdi.
Mazkur klinikada shu paytga qadar 27 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 29 nafarga yetdi.
Hozircha yurtimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan jami 240 nafar bemor toʻliq sogʻaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring