1 mlrd. 824 mln. soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi
Mamlakatimizda bojxonachilar tomonidan tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda yurtimizga olib kirish va uning yurtimiz hududida aylanuvini oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Bojxona qoʻmitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Chilonzor tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tezkor tadbirda fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, unda xorijda ishlab chiqarilgan, Oʻzbekiston aksiz markasi bilan markalanmagan 4 500 quti tamaki mahsuloti ortilganligi maʼlum boʻldi. Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu tumandagi xonadonlardan biri koʻzdan kechirilganida, xonadon egalari tomonidan bu yerda “yama” sifatida saqlanib kelingan jami 135 820 quti tamaki mahsulotlari borligi fosh boʻldi.
Natijada oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari hamda raqamli markirovka kodlari bilan markalanmagan, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan qiymati 1 mlrd. 824 mln. soʻmlik 30 turdagi 140 ming 320 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring