Andijon – Ufa yoʻnalishida muntazam poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi
Arxiv surat
Yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ tomonidan Andijon – Ufa – Andijon xalqaro yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdining muntazam qatnovi boshlanadi.
№№371/372-sonli Andijon – Ufa – Andijon yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdining muntazam qatnovi bugun soat 20:15 da boshlanadi.
Endilikda vodiy viloyatlaridan mazkur yoʻnalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yoʻlovchilar Andijon, Margʻilon, Qoʻqon va Pop vokzallaridan joʻnashlari mumkin.
Chiptalarni joylardagi chiptaxonalaridan xarid qilish mumkin yoki elektron tarzda,e-ticket@railway.uz sayti va uning mobil ilovalari orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring