Joriy oʻquv yili uchun magistraturaga qabul kvotasi soni 16 933 ta, 10031 nafar talabgor hujjat topshirgan

Roʻyxatdan oʻtgan 5219 ta talabgorning 4582 tasi xorijiy til sertifikatiga ega. 637 nafar talabgor esa, tanlovda ishtirok etmaydigan turli imtiyozga ega boʻlganlardir.

11:19 23.08.2022
Plastik kartadan kompyuter yordamida pul oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Fuqaro T.A. IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 26-iyul kuni nomaʼlum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasida boʻlgan jami 4.000.000 soʻm pullarini kompyuter yordamida oʻziga sezdirmay yechib olganligini bildirgan.

11:17 23.08.2022
Futbol boʻyicha U-18 Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyada yurtimiz sharafini himoya qiladi

Joriy yil 24-28-avgust kunlari Yaponiyaning Shizuoka prefekturasida 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar orasida 2022 SBS Cup xalqaro yoshlar futbol musobaqasi tashkil etiladi.

11:10 23.08.2022
Zominda ayiq ikki nafar fuqaroning umriga zomin boʻlganligi haqidagi xabarlar yolgʻon boʻlib chiqdi

Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tezkor oʻrganilgan ushbu holat aslida Rossiya Federatsiyasining Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlganligi aniqlandi.

11:09 23.08.2022
1-sentyabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyiladi

Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

11:00 23.08.2022
Yashirin fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi

Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufidagi “Hisor” davlat qoʻriqxonasi Gʻilon boʻlimi qoʻriqlash xodimlari tomonidan oʻrnatilgan yashirin fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi.

10:56 23.08.2022
Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimizning murabbiylariga bir martalik pul mukofotlari topshirildi

Sportni rivojlantirish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-avgustdagi 355-sonli qaroriga muvofiq, Konya-2021 V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarning murabbiylarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

10:50 23.08.2022
Yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Mahalla jamiyatning kichik boʻgʻini sifatida barcha insoniy fazilatlarni shakllantirish, oilalarda tinchlik-totuvlikni taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

10:46 23.08.2022
Jizzaxda tadbirkorning ishlab chiqarish sexini elektr energiyasiga ulab berishni vaʼda qilgan nazoratchi ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

10:34 23.08.2022
“Birlashsak, katta kuchmiz!” xalqaro yoshlar forumi yakunlandi

Mazkur forum Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi hamda Fargʻona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

10:31 23.08.2022
Litsenziyaga ega boʻlmagan oliy taʼlim tashkilotlarining hujjatlari tan olinmaydi

Soʻnggi paytlarda Taʼlim inspeksiyasi telegram botiga (@uztdi) ayrim fuqarolar Yangiyoʻl shahridagi “Mumtozbegim-Shoxsaroy Pedagogika universiteti” tomonidan berilgan diplomlar Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?» deb murojaat qilmoqda.

10:27 23.08.2022
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlar masalalarini oʻrgandi

Ombudsmanning Sirdaryo viloyatdagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov viloyatning Mirzaobod tumani, “Toshkent” mahallasidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi. 

10:21 23.08.2022
Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi qoʻllanilgan jami vaksinalar soni 65,1 million dozadan oshdi

2022-yil 22-avgust mamlakatimiz hududlari boʻylab 138 861 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi.

10:17 23.08.2022
Koronavirus: kecha yurtimizning 2 ta hududida 14 nafar kishida kasallik aniqlandi

Koronavirusdan himoyalanishning eng toʻgʻri va samarali yoʻli unga qarshi emlanishdir.

10:10 23.08.2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер