Shahrisabz davlat pedagogika institutining ilk qaldirgʻochlariga diplom topshirildi

Shundan soʻng diplomlar tantanali ravishda oʻz egalariga topshirilib, oq yoʻl tilandi.

13:00 22.07.2023
Respublika ishchi guruhi: xalq roziligi — ustuvor vazifa

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni oʻrganish va namunaviy koʻcha, obod xonadon tizimini joylarda tashkil etish hamda aholi bilan muloqot oʻtkazish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

12:58 22.07.2023
Tashrif davomida oʻzbek delegatsiyasi Fransiya TIV bosh kotibi bilan uchrashdiOʻzbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi soʻnggida Fransiya TIV bosh kotibi A.Dekot bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida tomonlar soʻnggi yillarda Fransiya va Oʻzbekiston oʻrtasida faol siyosiy muloqot oʻrnatilganini, ikki tomonlama munosabatlar esa mutlaqo yangicha mazmun kasb etganini taʼkidladi. Bunga ikki davlat rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan konstruktiv va ishonchli muloqot koʻp jihatdan imkon bermoqda. Darhaqiqat, Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 va 2022-yillarda Parijga rasmiy tashriflari ikki tomonlama hamkorlikka alohida dinamizm bagʻishladi, Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarida, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda muhim qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishda yangi sahifa ochib berdi. A.Dekot Oʻzbekistonning mintaqaviy siyosati va uning muhim yetakchi rolini, buning natijasida Markaziy Osiyoda oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik muhiti shakllanganini, mintaqalararo aloqalar kengayib borayotganini alohida eʼtirof etdi. Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik qilish muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi. Jumladan, Fransiya tomoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil noyabrdagi tashrifi chogʻida Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida oʻtkazilgan koʻrgazmalar Oʻzbekistonning “tashrif qogʻozi”ga aylangani va Fransiya jamoatchiligida katta muvaffaqiyat qozonganini alohida qayd etdi. Shu munosabat bilan tomonlar Samarqandda oʻzbek yoshlari salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan Fransiya alyansi filialini ochish imkoniyatlarini muhokama qildi. Qayd etilganidek, Fransiyalik mutaxassislar tomonidan Oʻzbekistonda fransuz tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqilgan. Uchrashuv yakunlari boʻyicha Fransiya kompaniyalarining Oʻzbekistondagi loyihalari investitsiyaviy salohiyatini yanada kengaytirish, hamkorlikda madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, taʼlim sohasida oʻzbekistonlik va Fransiyalik mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashish masalalari boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi soʻnggida Fransiya TIV bosh kotibi A.Dekot bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

12:53 22.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Koreya hamkorligining bugungi kun tartibiga oid keng koʻlamli masalalar, jumladan, turli darajadagi boʻlajak tadbirlar koʻrib chiqildi.

12:46 22.07.2023
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri YXHT loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

Kecha Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov YXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi, elchi Klemens Koyani qabul qildi.

12:42 22.07.2023
“Qamchiq”da “Isuzu” tonnel devoriga urilishi oqibatida yongʻin kelib chiqdi

Sodir boʻlgan yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

12:33 22.07.2023
Emomali Rahmon Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan oʻzaro kelishuviga asosan mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi joriy yilning 21-iyul kuni Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

12:20 22.07.2023
Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi Xalqaro notariuslar ittifoqining Osiyo ishlari boʻyicha komissiyasi prezidenti etib saylandi

Shu kunlarda Oʻzbekiston Notarial palatasi delegatsiyasi Indoneziyaning Djokyakarta shahrida boʻlib turibdi.

12:15 22.07.2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер