Kelgusida ham tibbiyotda xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash va ularga qoʻshimcha sharoitlarni yaratish davom ettirilishi taʼkidlandi.
15:23 10.11.2025Xususiy tibbiyot klinikalarida koʻrsatilayotgan xizmat narxlari respublika markazlaridan arzon ekani koʻrsatib oʻtildi.
15:19 10.11.2025Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning “Tabib doimo oʻz bilimini yangilab turmogʻi lozim. Zero, tan va tabiat doim yangilanib turadi”, degan hikmatli soʻzlari oradan ming yil oʻtgan boʻlsa ham, oʻz ahamiyatini zarracha yoʻqotmagani taʼkidlandi.
15:14 10.11.2025Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy maʼlumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish ekanligi taʼkidlandi.
15:09 10.11.2025Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida talabalarning fundamental va klinik fanlar boʻyicha bilimi baholanadi.
15:04 10.11.2025Ularda oilaviy shifokorlik mutaxassisligi boʻyicha rezidentura va magistratura ham yoʻlga qoʻyiladi.
15:00 10.11.2025Har bir viloyatda eng yaxshi 2 ta tumanning sogʻliqni saqlash boʻlimi rahbari va oilaviy poliklinika mudiri AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Turkiya kabi tibbiyoti rivojlangan mamlakatlarga menejerlikka oʻqitish uchun yuboriladi.
14:52 10.11.2025Tuman va viloyat bosh shifokorlari respublika markazlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan, integratsiyalashgan tizim joriy qilinishi belgilandi.
14:44 10.11.2025“Shunda xalq bilan muloqot paydo boʻladi, odamlarimiz bundan rozi boʻladi, tibbiyot tizimiga xolis bahoni oʻzi beradi”, – dedi Prezident.
14:39 10.11.2025Endilikda 26 ta markaz direktorlari, viloyat, tuman sogʻliqni saqlash rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlari bir oylik aniq reja asosida ishlashga oʻtadi.
14:36 10.11.2025“Barcha markaz rahbarlari eshitib olsin: markazlar shaxsiy mulk emas, ularning barchasi davlatniki, xalqniki” — dedi Prezident.
14:30 10.11.2025Qarshi shahri, Angor va Boʻston tumanlarida yurak-qon tomir kasalliklari yuqori boʻlishiga qaramasdan, Kardiologiya markazi bu borada aniq chora-tadbir belgilamagani aytildi.
14:20 10.11.2025Davlat rahbari bu ishlarning ahvolini aniq misollar asosida tahlil qildi.
14:08 10.11.2025Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu yigʻilish xalqimiz uchun ham, tibbiyot sohasi va uning vakillari uchun ham foydali boʻlishi kerakligini koʻrsatib oʻtdi. Shu bois, yechimini kutayotgan masalalarni ochiq-oydin gaplashib olishni taklif etdi.
14:00 10.11.2025Davlat rahbari aholi salomatligini saqlashda yaqindan koʻmak berayotgan xorijiy hamkorlarga alohida hurmat va ehtiromini izhor etdi.
13:53 10.11.2025“Birinchi marta 45 ta tumanda buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgani inson salomatligi borasidagi ishlarimizning yaqqol amaliy tasdigʻidir”, – dedi Prezident.
13:48 10.11.2025Davlatimiz rahbari yigʻilganlarni Sogʻliqni saqlash sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi, el-yurtimiz salomatligi posbonlari boʻlgan barcha shifokor va hamshiralar, soha mutaxassislariga oʻzining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.
13:39 10.11.2025Markaziy bank rasmiy veb-saytlarida maʼlumotlarni davlat tilida toʻliq bermagan banklarni ogohlantirdi.
13:15 10.11.2025Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,3 foizga oʻsgan.
12:59 10.11.202520 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga qurʼa tashlandi.
12:47 10.11.2025