26 ta markaz direktorlari, viloyat va tuman sogʻliqni saqlash rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlarini lavozimga qoʻyishda yangi tartib joriy qilinadi
Tuman va viloyat bosh shifokorlari respublika markazlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan, integratsiyalashgan tizim joriy qilinishi belgilandi.
Ular hududidagi kasalliklarning turi va dinamikasiga qarab, markazlarga buyurtma beradi. Bunda nafaqat davolash usullari, balki kasalliklarning oldini olish, shifokorlarning malakasini oshirish kabi aniq masalalarni qoʻyadi.
Yangi yildan aniq mezonlarni belgilab, 26 ta markaz direktorlari, viloyat va tuman sogʻliqni saqlash rahbarlari, oilaviy poliklinika mudirlarini lavozimga qoʻyishda yangi tartib joriy qilinadi.
Bunda barcha tibbiyot muassasalarida rahbar va bosh shifokor lavozimlari bir-biridan ajratiladi. Ularga rahbarlar menejerlikka oʻqigan, yaxshi natijalar koʻrsatgan tadbirkorlar orasidan tayinlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring