Huquq-tartibot idoralarining faoliyati tanqidiy koʻrib chiqilib, jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida yangi vazifalar belgilab berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash boʻyicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

17:00 27.01.2026
Ayrim profilaktika inspektorlariga 5 mln soʻmgacha ustama beriladi

Shu yil 1-fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda oʻqigan davri ham stajga qoʻshiladi.

16:33 27.01.2026
Prezident sportchilarning aksariyati bezoriga aylanib ketayotgani haqida gapirdi

Mutasaddilarga bu yoʻnalishda nazoratni taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Jangovar sport turlari bilan shugʻullanayotgan yoshlarni kasbga oʻqitib, salohiyatiga mos ish bilan band qilish tizimini yaratish topshirildi.

15:36 27.01.2026
Ayrim rahbarlarga giyohvandlikka qarshi kurashish boʻyicha oʻrinbosar tayinlanadi

Hokim, oliygoh rektori, texnikum va maktab direktorining oʻrinbosarlaridan biri bu yoʻnalishga masʼul etib belgilanadi.

15:13 27.01.2026
Profilaktika inspektorlarining formasi oʻzgaradi

Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda profilaktika inspektori uchun zamonaviy, xalqqa yoqadigan koʻrinishda formani tayyorlash topshirildi.

15:05 27.01.2026
Toshkentda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha “poytaxt namunasi” joriy etiladi

Masalaning muhimligini inobatga olib, har bir vazir bittadan tumanga, Prezident Administratsiyasi vakili ham bitta tumanga biriktiriladi.

14:55 27.01.2026
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari Akmalxon Ortiqov ishdan olindi

Prezident hozirda “Oʻzbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard soʻmlik talon-torojliklar aniqlanganini maʼlum qildi.

14:26 27.01.2026
Prezident: “Oʻzbeklarning chet eldagi ommaviy mushtlashuvlari yurtimiz obroʻsiga putur yetkazyapti”

Davlatimiz rahbari chet elga borib olib, uyushgan jinoiy guruhlar tashkil qilgan, u yerda oʻzimizni fuqarolarni ham talayotgan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyishdagi sustkashliklarni tanqid qildi.

13:56 27.01.2026
Toshkent shahri IIBB boshligʻi va shahar prokuroriga “hayfsan” berildi

Shuningdek, ularga olti oylik sinov muddati tayinlanishi belgilandi.

13:28 27.01.2026
Profilaktika inspektorlarining jamoat ishlariga koʻp jalb qilinayotgani tanqid qilindi

Prezident ularning koʻpi ish joyida yoʻq yoki huquqbuzarlik bilan ishlash oʻrniga kommunal qarzdorlik va aliment undirish, armiyaga yuborish va boshqa jamoat ishlari bilan band ekanini tanqid qildi.

13:20 27.01.2026
Toyloqda tomorqachilik asosida yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda

Bugun mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini oʻzini oʻzi band qilishga keng jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

12:53 27.01.2026
Muhtojlikdan qoʻziqorin qutqardi

Oʻtgan yilning sentyabri oxirida qoplardagi chigit qipigʻi – sheluxaga urugʻ sepib qoʻziqorin yetishtirishga kirishgan oila oradan toʻrt oycha vaqt oʻtgach salkam 40 million soʻm daromad koʻrdi.

12:47 27.01.2026
FIFA Jahon chempionati kubogi Toshkentda

Ogʻirligi 6 kilogrammdan ortiq boʻlgan asl oltindan yasalgan FIFA Jahon chempionati kubogi Oʻzbekistonga olib kelindi.

12:41 27.01.2026
Beshariq tumanida agrosanoat korxonasi faoliyati kengaymoqda

Beshariq tumanidagi Adirobod dashtida tashkil etilgan ishlab chiqarish korxonasi shirin-shakar mevalarni tabiiy usulda qayta ishlab, jahon bozorlariga eksport qilmoqda.

12:35 27.01.2026
Haj va umraga boruvchilar yagona portal orqali roʻyxatdan oʻtishi majburiy etib belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi qaroriga koʻra, haj va umr tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

12:11 27.01.2026
Xitoy kompaniyasi Samarqand viloyatiga 500 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda

Mazkur investitsiya loyihasi sanoatbop karton, qadoqlash mahsulotlari hamda ofis qogʻozi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasini barpo etishni nazarda tutadi.

11:22 27.01.2026
Fransiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash qoʻllab-quvvatlandi

Qonun loyihasining yana bir moddasi maktablarda mobil telefonlardan foydalanish taqiqini kengaytirishni nazarda tutadi.

11:10 27.01.2026
Oʻzbekistonda elektr energiyasining sutkalik isteʼmoli boʻyicha rekord qayd etildi

Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, 24-yanvar kuni elektr energiyasi sutkalik isteʼmoli 283 million kVt soatni tashkil etgan.

10:58 27.01.2026
Isroil Gʻazodan soʻnggi asirning jasadini qaytarib oldi

Ran Gvili anklav hududida qolgan soʻnggi isroillikning jasadi edi.

10:39 27.01.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер