Zulfiqor Musoqovning yangi “Hayrat“ filmida gretsiyalik aktyor rol oʻynaydi
Gretsiyalik aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gennadiy Pachis Zulfiqor Musoqovning “Hayrat“ filmida rol ijro etadi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.
1993-yilda Oʻzbekistonni tark etgan Pachis hozirda vatani Gretsiyada yashab ijod qiladi.
Pachis 1991-yil “Abdullajon“ filmida ham epizodik rolni oʻynagan.
“Hayrat“ filmida butun orzu-armonlarini kinoga bagʻishlagan kinossenarist qismati haqida hikoya qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring