«Zorro» koronavirusga chalindi
Aktyor Antonio Banderas koronavirusga chalindi. U bu haqda bugun 60 yoshga toʻlganini nishonlayotgan paytda Tvitterdagi sahifasida maʼlum qilgan.
Shuning uchun tavallud ayyomini izolyatsiyada oʻtkazishga majbur boʻlganini ham qoʻshimcha qilgan. Banderas oʻzini oʻrtacha his etayotgani, ammo charchoqni sezayotganini aytgan.
Eslatib oʻtamiz, 2017-yil yanvar oyida yurakdagi ogʻriq sabab Banderas Buyuk Britaniyada shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilib, davolanib chiqqandi. Keyinchalik artist infarktni boshidan oʻtkazgani va bu hayotini oʻzgartirib yuborganini maʼlum qilgan.
Antonio Banderas kino shinavandalari orasida “13-jangchi”, “Filadelfiya”, “Noumid”, "Zorro Niqobi", "Zorro afsonasi" kabi qator filmlarda bosh rollarni ijro etgani bilan tanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring