Zoʻravonlikka qarshi kurashishda politsiyachi-ayollarning oʻrni qanday?

19:20 16 Dekabr 2021 Jamiyat
1736 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo davlatlarida zoʻravonlikka qarshi kurashishda politsiyachi-ayollarning oʻrni” mavzusida onlayn davra suhbati oʻtkazildi.

Unda BMT Taraqqiyot dasturining Markaziy Osiyo davlatlari, Istanbul, Seul ofislari vakillari, Bosniya va Geretsegovina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Respublikalari Ichki ishlar vazirliklari xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi vakillari mamlakatimizda keyingi besh yilda xotin - qizlar muammolarini hal etish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlarini taʼminlashda davlat organlari masʼuliyatini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, ayollarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiqning har qanday koʻrinishiga barham berish borasida Oʻzbekiston tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Xorijiy mamlakatlar mutaxassislari Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tarkibida, Bosh prokuror oʻrinbosari rahbarligidagi Oilaviy zoʻravonlikni oldini olish va oilaviy zoʻravonlikdan jabr koʻrganlarga amaliy koʻmak berish boʻyicha ishchi guruh faoliyati, Ichki ishlar vazirligi tizimida Xotin-qizlari masalalari boʻyicha alohida boshqarma tuzilganligi, unda 348 nafar ayol inspektorlar xizmat qilayotganligi, davlat boshqaruvi sohasida ayol rahbar kadrlarning soni 27 foizga yetganligi bilan qiziqib, Oʻzbekiston tajribasini oʻrganishga qiziqish katta ekanligini taʼkidlashdi.

Bosh prokuror oʻrinbosari Svetlana Artikova rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan ilgʻor xorijiy mamlakatlar bilan tajriba almashishda xalqaro ekspertlar bilan ishlash, oiladagi zoʻravonlikning oldini olish tizimining samaradorligini oʻrganish, Prezidentning sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlari va tashabbuslarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy monitoringni taʼminlash, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini kuchaytirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali elektron murojaatlar yuborish imkoniyati yaratilishini taʼminlash va boshqa shu kabi vazifalarni amalga oshirishda oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер