Zomin “Milliy xalq oʻyinlari” xalqaro festivaliga mezbonlik qiladi

23:36 12 Mart 2020 Jamiyat
5052 0

Arxiv surat

Zomin tumani xalqaro festivalga mezbonlik qilishi mumkin. Hukumatning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Hujjat loyihasiga koʻra, 2021-yildan boshlab Jizzax viloyati Zomin tumanida “Milliy xalq oʻyinlari” xalqaro festivali oʻtkazilishi kutilmoqda. Ushbu festivalni anʼanaviy tarzda har ikki yilda bir marta oktyabr oyida tashkil etish rejalashtirilgan.

Festivalni tashkil etish va uni oʻtkazish boʻyicha masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi belgilandi.

Qayd etilishicha, Tashqi ishlar vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining talabnomalari asosida xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchi festival ishtirokchilarining kirish vizalarini chet eldagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida, zarur hollarda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtiradi.

Shuningdek, festival sovrindorlari diplom, sertifikat va maxsus haykalchalar bilan taqdirlanishi belgilangan.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O. Nazarbekov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri D. Nabiyev hamda Jizzax viloyati hokimi E. Saliyev hamda Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati zimmasiga yuklangan.

Qaror loyihasiga joriy oyning 27 sanasiga qadar oʻz taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер