Zoyir Mirzayev ham oʻzbek-xitoy, ham Sputnik V vaksinasi bilan emlangani maʼlum boʻldi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev iyun—iyul oylarida ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi bilan toʻliq emlanganligi xususida maʼlumot chiqdi.
Xoʻsh, qaysi maʼlumot toʻgʻri?
Bu savolga Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Ravshan Tulakov aniqlik kiritdi.
Uning qayd etishiga koʻra, bahor oyida haqiqatda Zoyir Mirzayev ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini qabul qilgan. Oradan maʼlum muddat oʻtib, u Sputnik V vaksinasi bilan emlangan. Ikkinchi nomdagi vaksinani ham olish mumkinmi, degan savolga, R. Tulakov, oradan bir muncha muddat oʻtgach, qabul qilishga tibbiyot ruxsat etadi, deb javob berdi.
Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring