Jurnalistlar uchun media-tur
Markaziy nashrlarda faoliyat yuritayotgan bir guruh jurnalistlar Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Bunda Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan media-tur muhim maydon boʻlmoqda.

Ayni paytda media-tur davomida Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo universal oyna” korxonasida boʻlib, uning faoliyati bilan tanishmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu korxona ekportyor karxonalardan boʻlib, oʻtgan yili tashkil etilgan. Bu yerda farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun shisha idishlari ishlab chiqariladi. Yillik hajmi 102 mln. soʻmga teng. Eksport shartnomasi esa 200,0 ming AQSH dollari.

Jurnalistlar korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishyapti.
Media-tur davom etmoqda.
Rahim SHERQULOV, “Xalq soʻzi Online”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring