Jurnalistlar shaxmat stoli atrofida jamlandi

15:47 03 Dekabr 2024 Jamiyat
392 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan tadbirlar barcha hududlarda, tashkilotlarda boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining Andijon viloyati boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Bosh qomusimizning davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratganligi eʼtirof etildi. Tadbir yakunida uyushma aʼzolari ishtirokida shaxmat-shashka musobaqasi oʻtkazildi.

— Konstitutsiyamizda fuqarolarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ommaviy sport turlarini rivojlantirish, ishchi-xodimlarning salohiyatini yuksaltirish muhim vazifalar qatorida belgilab qoʻyilgan, —deydi uyushmaning viloyat boʻlimi rahbari Maxpuraxon Ortiqova. — Shuning uchun uyushma aʼzolarining professional mahoratini shakllantirish, iqtidorini namoyish etish, ijoddan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bugungi shaxmat-shashka musobaqasi shular jumlasidan boʻlib, bu kabi tadbirlar jurnalistlarning aqliy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Murosasiz kechgan bellashuvda Najmiddin Ikromiy, Elmira Rahmonova, Abduvali Kabirov, Abduvali Qurbonov faol ishtirok etdi va tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер