Jurnalistlar saylov uchastkalari faoliyati bilan tanishmoqda
Ayni daqiqalarda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi tashabbusi bilan akkreditatsiyadan oʻtgan jurnalistlar ishtirokida 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi va 362-sonli saylov uchastkasiga press-tur boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu press-turda 30 nafardan oshiq jurnalistlar ishtirok etishmoqda.
Dastlab OAV vakillari 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi. Shu bilan bir qatorda, 362-sonli saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni va pandemiya sharoitida saylov oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlarni kuzatadi.
Press-tur davom etyapti.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring