Jurnalistlar portlovchi “USB fleshka” qurboni boʻlishdi

14:02 03 Aprel 2023 Dunyo
760 0

Ekvador OAV huquqlarini himoya qiluvchi “Fundamedios” tashkiloti 5 nafar jurnalistga pochta orqali portlovchi modda joylashtirilgan “USB fleshka”lar yuborilganligini maʼlum qilgan.

“Ecuavisa” telekanali jurnalisti ham ushbu “USB” qurilmalardan birini pochta orqali qabul qilib olgan va qurilmani oʻz kompyuteriga ulashi zahoti portlash vujudga kelgan.

Jurnalist “USB” qurilmasi ishga tushirganida portlovchi moddaning 50 foizi faollashgani sababli, u jurnalistga yengil yuz va qoʻl jarohatlarini yetkazish bilan cheklangan.

Yana biri portlovchi “fleshka” “Teleamazonas” telekanali muxbiriga kelib tushgan, u qurilmani qoʻshimcha “USB” adapter orqali ulaganligi uchun portlovchi vosita ishga tushmagan.

“USB” qurilmalar ichida 1 sm. hajmdagi 2 ta portlovchi moddalar joylashtirilgan boʻlib ular 5 volt kuchlanishda portlashi rejalashtirilgan.

Ekvador Ichki ishlar vaziri Xuana Sapata barcha “USB” qurilmalar bir xil koʻrinishda ekanligi va tahdidli xatlar orqali jurnalistlarga bosim oʻtkazish maqsadida yuborilganligini maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер